Noyer: "Myunxenda eng yaxshi natijaga erishish zarur edi"

Alisher
14 apr 2021, 07:50
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer CHL 1/4 finalida PSJdan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Biz bugun emas, oldingi o'yinda chiqib ketgandik, Myunxenda eng yaxshi natijaga erishish kerak edi. Bu yoqimsiz, sababi biz katta miqdordagi imkoniyatlardan foydalana olmadik.

Bizga juda ham kuchli raqib qarshi chiqdi, ammo jamoa borini berdi", - deydi Noyer.

Eslatib o'tamiz, ilk o'yin PSJning mehmondagi 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Germany