

- Avvalambor qo'lga kiritilgan g'alaba bilan futbolchilarimizni tabriklayman. Guvohi bo'lganlaringdek, o'yin keskin kurashlar va asabiy tarzda o'tdi. Shu kabi o'yinlar ko'paysa futbolimiz o'sadi deb o'ylayman. “Navbahor” jamoasi bugun kuchli o'yin namoyish qildi. Agarda namanganliklar har bir uchrashuvni shu tarzda o'tkazizsa jamoaning g'alabalari soni ko'proq bo'ladi. Umuman olganda bugun maydonda teng kurash kechdi deb aytishi mumkin. Maydonning har bir qarichida murosasiz kurash kechdi. Bu kabi kurashlardan jamoamiz a'zolari qochishmadi. G'alabani ko'zlaganimiz sababli shunday bo'ldi. Aslini olganda bahsni shu tarzda kechishini oldindan bilgandik. Futbolchilarimiz jasorat ko'rsata olishdi, - deydi No'mon Hasanov.


