Nikola Lazarevich: "Futbol shunday o'yinki, unda final hushtagi chalinguncha o'ynash lozim"

Sherzod Nurmatov
6 may 2022, 21:11
Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Metallurg" – "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Nikola Lazarevich fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Biz "Metallurg"ga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik va 100% tayyor edik. Qiyin bo'lishini, "Metallurg" yaxshi himoyalinishini bilardik. Gol urish uchun oxirigacha kurashdik. Oxirgi 3 o'yinda so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborayotgan edik. Futbol shunday o'yinki, unda final hushtagi chalinguncha o'ynash lozim. 

- Legionerlaringiz, xususan, Komolafening o'yinidan qoniqdingizmi?

- Ha, ular yaxshi o'ynashdi. Komolafe tarkibimizga kechroq kelib qo'shildi. U sekin-asta ko'nikib bormoqda.

- Hujumchilaringizga gol urish uchun nima yetishmadi?

- O'ylaymanki, omad yetishmadi. Komolafe o'tgan gal gol urgandi, bugun o'xshamadi. Biroq bu – futbol. To'g'ri tushunamiz. 

- "Qizilqum" 1-taymda yaxshi o'ynay olmadi, 2-taymda yaxshi harakat qildi. Bu nima bilan bog'liq?

- Bugungi bahsga jiddiy hozirlik ko'rgandik. Shunchaki raqib bizga imkoniyat qoldirmadi. Shundan kelib chiqib harakatlandik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia