Neymar: "Braziliya uchun durang mag'lubiyatga teng"

Aslanov Jasurbek
5 avg 2016, 14:47
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar JARga qarshi Olimpiada guruh bosqichi uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Biz uchun durang mag'lubiyatga teng. Ammo g'alabaga oson erisha olmasligimizni yaxshi bilar edik. Jamoamiz 3 ochko uchun maydonga tushdi. Oldinda bizni katta qiyinchiliklar kutib turibdi. Birinchi o'yin doimo og'ir bo'lgan. Hayajon bizga halaqit berdi deb o'ylayman" - deydi Neymar.

Braziliyaliklarning Iroqqa qarshi uchrashuvi 8 avgust kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca