Jamoa murabbiylar shtabida Robert Gay ish boshlaganidan so'ng, murabbiy o'zi yaxshi bilgan ayrim o'yinchilarni jamoasiga taklif etgan. Ammo klub matbuot xizmatining ma'lumotiga tayanib aytadigan bo'lsak, ko'rikdan o'tish uchun kelgan yangi futbolchilarning taqdiriga shu kunlarda oydinlik kiritiladi.
Aytish lozimki, bugungi kunda jamoa mashg'ulotlarida ko'plab yangi nomlar ishtirok etmoqda. Pavel Leus ("Sho'rtan"), Temur Yafarov ("Qizilqum"), Ahrol Risqullaev ("Dinamo"), Durbek Umaraliev ("So'g'diyona"), Rustam A'zamov ("Lokomotiv"), Oyatullo Muhiddinov ("Paxtakor-2"), Ayubxon Gapparov ("Rubin") kabi futbolchilar ikkinchi davrani "Navbahor"da o'tkazishni maqsad qilishgan. Ammo so'nggi qarorni murabbiylar shtabi qabul qiladi.
Professional futbol ligasi oliy liga jamoalarining 10 avgustga qadar futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishi mumkinligini e'lon qilgan. Unga qadar yana boshqa o'zgarishlar bo'lish extimoli ham yo'q emas.
Islombek Rustambekov