"Navbahor"da ko'rik-tanlov davom etadi: Jamoa yana bir legionerni sinovdan o'tkazmoqda

17 yanv 2020, 00:30
Bu haqida klub matbuot xizmati xabar qildi.

Xabaringiz bor, jamoamiz yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rmoqda va bir qator xorijlik hamda mahalliy futbolchilarni ko'rikdan o'tkazmoqda. 16 yanvar kuni “Navbahor” safiga yana bir legioner qo'shildi.     

Bu turkmanistonlik Vaxit Orazsaxedov bo'lib, u 1992 yil 26 yanvarda tug'ilgan. Ampluasi – hujumchi. Orazsaxedov futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Rubin” (Qozon), “Nefteximik” (Nijnekamsk), “Rostov” (Rostov), Moldovaning “Dachiya” (Kishinyov), Turkiyaning “Osmonlispor” (Anqara), Ozarbayjonning “Sabail” (Boku), Turkmanistonning SSKA (Ashxobod), “Oltin asr” (Ashxobod) hamda “Axal” (Axal) klublarida to'p surgan.

O'tgan mavsumni esa Qirg'izistonning “Dordoy” (Bishkek) jamoasida o'tkazib, 28ta o'yinda 20ta gol urib, Qirg'iziston premer-ligasining eng yaxshi to'purari bo'ldi. 

Takidlash joizki, Vaxit Orazsaxedov o'z paytida Turkmaniston yoshlar va olimpiya terma jamoalarida o'ynagan. 2016 yildan buyon Turkmaniston milliy terma jamoasida to'p surmoqda.

Turkmanistonlik hujumchi “lochinlar”ning bugungi mashg'ulotlarida ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Навбаҳор" ПФК матбуот хизмати