

Ushbu o'yinning 84-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Azim Ahmedov bosh hakam Olim Tolibjonov tomonidan maydondan chetlatildi.
Shu tariqa, "Navbahor" klubi futbolchilari bu mavsumda to'rtinchi marta qizil kartochka olishdi.
Bunga qadar Bobirjon Akbarov, Otabek Valijonov va Sergey Georgiev o'yin tugmay turib maydonni tark etishgandi.
Bir kun oldin "Olmaliq" klubi posboni Valeriy Fomichev ham qizil kartochka olgandi. Bu jamoada Evgeniy Gogol ikki marta va Kamoliddin Murzoev qizil kartochka olishgandi.
Bo'lib o'tgan 16ta turdan so'ng aynan mana shu ikki jamoa 4tadan qizil kartochkaga ega. Qolgan hech bir klub hisobida 3tadan ko'p chetlatish yo'q.



