Mashg'ulotlar so'nggida murabbiylar yig'inda ishtirok etayotgan futbolchilardan ikkita tarkib hosil qilib nazorat o'yinini tashkil etishdi. Uychidagi o'yingohda o'tkazilgan uchrashuvda asosiy tarkib a'zolari - Pavel Leus, Jahongir Mehmonov, Timur Yafarov, Qahramon Mahammadjonov, Leonid Koshelev, Akram Bahriddinov kabi futbolchilar turli sabablarga ko'ra maydonga tushishmadi. Xususan Pavel Leus bir kun oldin vataniga jo'nab ketgan bo'lsa Qahramon Mahammadjonovga murabbiylar uylanganligi bois dam berishni lozim topishdi. Uchrashuv esa “sariq” libosda harakat qilgan futbolchilarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Gollarga Sobir Hamidov (2 ta), Ro'zimboy Ahmedovlar mualliflik qilishdi. Yagona javob to'pi esa Aleksandr Lupashko hisobiga yozildi. Jamoamiz a'zolari klub qarorgohida 3 sentyabr yig'ilib, “Buxoro”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishni boshlashadi. Pavel Leus esa 4 sentyabr kuni o'z yurtidan qaytib keladi.