"Navbahor" - "Andijon" uchrashuvi boshlanish vaqti ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
20 sen 2024, 22:15
O'zPFL matbuot xizmati O'zbekiston Kubogi finali doirasida "Navbahor" - "Andijon" bahsi boshlanish vaqtini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, uchrashuv soat 17:00da start oladi. Avvalroq ma'lum qilinganidek, "Navbahor" ko'k, "Andijon" esa qizil rangli liboslarda o'ynashadi.

Finalga "Istiqlol" stadioni mezbonlik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ЎзПФЛ матбуот хизмати