"Nasaf" mashg'ulotlarni boshladi. Yig'inda kamerunlik futbolchi ishtirok etmoqda

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2021, 11:02
Qarshining "Nasaf" jamoasi kechadan o'z qarorgohida yig'ildi va mashg'ulotlarga kirishdi.

 O'tgan mavsumda ijara asosida G'uzorning "Sho'rtan" jamoasi sharafini himoya qilgan Xudoyorxon Sagdullaev hamda Sardor Sadullaevlar ham jamoa ixtiyoriga kelib qo'shildi. 

Hozirgi kunda tarkibda kamerunlik futbolchi Mbeke Siebatcheu ko'rikdan o'tmoqda. U o'tgan mavsumda Tojikiston chempionatida "Ko'ktosh" jamoasida to'p tepgan.

Mbeke Siebatcheu

Tug'ilgan yili: 25.07.1995

Millati: Kamerun

Ampluasi: Markaziy hujumchi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати