"Nasaf": Eldor Suyunov mavsum so'nggiga qadar safdan chiqdi

Narzulla Saydullayev
3 noya 2015, 10:33
"Nasaf" darvozaboni Eldor Suyunov uchun mavsum yakunlandi.

Oliy liganing 27-turi doirasidagi "Bunyodkor"ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqasida jamoamizni goldan saqlab qolgan Eldor Suyunov to'pni qaytarish chog'ida oyog'idan jarohat olgan edi.

Tibbiy tekshiruvdan so'ng Eldor Suyunov uchun mavsum yakunlangani oydinlashdi. Endilikda mahoratli posbonimiz chempionat yakuniga qadar jamoamizga yordamlasha olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz