"Napoli" prezidenti Gattuzoga 10 kun berdi va Benites bilan gaplashdi

Alisher
26 yanv 2021, 17:37
"Napoli" yaqin 3 o'yinini "Speciya" (Italiya Kubogi), "Parma" va "Jenoa" (A Seriya)ga qarshi 10 kun ichida o'tkazadi.

Shu o'n kunda Jennaro Gattuzoning taqdiri ma'lum bo'ladi. Qoniqarsiz natija qayd etilsa neapolliklar prezidenti Aurelio de Laurentis murabbiyni iste'foga chiqarishi mumkin.

Du Laurentis Rafael Benites bilan telefonda gaplashgan. Ispaniyalik bir necha kun oldin Xitoyning "Dalyan Pro" klubidan ketgandi.

"Napoli" bugungi kunda A Seriyada 6-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Il Corriere dello Sport