Rafael Benites APLga qaytishi mumkin

Alisher Ostonov
11 okt 2025
Ispaniyalik 65 yoshli murabbiy Rafael Benites Gretsiyaning "Panatinaikos" klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Ammo, mutaxassis APLda ishlashni afzal ko'radi.

Insayderlarning takidlashicha, Anje Postekoglu iste'foga chiqarilgan taqdirda, Benites "Nottingem Forest" bosh murabbiyligi uchun ustuvor nomzod hisoblanadi. "Nottingem" bu mavsumda murabbiy almashtirgan, jamoa chempionatni Nunu Santu qo'l ostida boshlagandi. Postekoglu hozircha vaziyatni o'nglay olmayapti, klub 5 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda.

Benites APLda "Liverpul", "Nyukasl" va "Everton" klublarida ishlagan. Shuningdek, mutaxassis Madridning "Real", "Inter" va "Napoli" klublarida ham murabbiylik qilgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Football Insider