Rafael Benites o'zi murabbiylik qilgan eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi

Mirjalol Normatov
23 avg 2024, 01:27
Murabbiy Rafael Benites "Liverpul"da Stiven Jerrard bilan birgalikdagi faoliyati haqida gapirdi.

Ispaniyalik mutaxassis ingliz klubiga 2004-2010 yillar davomida murabbiylik qilgan.

"Stivi - men shug'ullantirgan eng yaxshi futbolchi. "Real"daligimda bunday deya olmasdim, biroq hozir ayta olaman. Gapim tushunarli, unda bu uchun barcha jihatlar etarlicha.

Jerrardga yetishmagan yagona jihat - taktik bilimlari past edi. Stivi zo'r futbolchi bo'lgan, doimo faollik namoyish qilardi. Lekin u shunchaki poziciyani noto'g'ri tanlardi", - dedi "Liverpul"ning sobiq murabbiyi Benites.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal