Nagelsmann "Bavariya"ning Levandovskisiz o'yiniga baho berdi

Mirjalol Normatov
7 avg 2022, 11:05
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann yozda jamoani tark etgan Robert Levandovskisiz o'yinga baho berdi.

"Gollarni boshqacharoq tarzda urishimiz kerak. Chupo-Moting va Zirkzini olib tashlasak, bizda darvozaga zarba beradiganlar qolmaydi.

Endi barcha futbolchilar ko'proq harakat qilishi va ko'proq mas'uliyatni bo'yniga olishi kerak. Ko'rib turibman, shu orqali futbolchilar yanada chidamli bo'lishadi", - dedi Nagelsmann.

"Bavariya" mavsumni "Ayntraxt"ga qarshi bahs bilan boshladi va 6:1 hisobida g'alabaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal