MYUga o'tganiga 9 oy o'tib, Maguayrning ikkinchi farzandi dunyoga keldi

Mirjalol Normatov
10 may 2020, 17:59
"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi himoyachisi Garri Maguayr ikkinchi bora ota bo'ldi.

MYU sardori instagramda yangi tug'ilgan qizaloqqa Payper Rouz ismi qo'yilganini ma'lum qildi.

"Ajoyib dunyomizga hush kelibsan, qizalog'im", - deb yozadi futbolchi.

Qayd etish kerak, Maguayrning MYUga o'tganiga 9 oy o'tib, farzand dunyoga keldi.

Uning katta farzandi 2019 yilning aprel oyida dunyoga kelgan va qizaloqqa Lilli ismi qo'yilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/harrymaguire93