MYU Leauni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
17 okt 2022, 18:52
"Manchester Yunayted" "Milan" hujumchisi Rafael Leauni o'z safiga qo'shib olish istagida.

Bu haqda "Sky Sports" xabar bermoqda.

23 yoshli hujumchi "Milan"ga 2019 yilning avgust oyida kelib qo'shilgan edi. U Italiya klubi safida jami 128 ta o'yin o'tkazib, 31 ta gol urgan va 29 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Avvalroq portugaliyalik futbolchiga "Chelsi" va PSJ klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports