

“Manchester Yunayted” APL doirasida so'nggi 4 ta o'yinda kamida 3 ta gol urib g'alaba qozondi. APL tashkil qilingan 1992 yildan beri bunday natijani biror-bir jamoa qayd eta olmayotgan edi. So'nggi bor Angliya chempionati doirasida bunday natijani “Liverpul” 1987 yil oktyabrida qayd etgandi.
MYUning so'nggi 4 ta o'yindagi natijalari
- MYU-“Sheffild Yunayted” 3:0
- “Brayton”-MYU 0:3
- MYU-“Bornmut” 5:2
- “Aston Villa”-MYU 0:3



