Mxitaryan nechta tilda gaplasha oladi?

Aslanov Jasurbek
21 mar 2024
Genrix Mxitaryan 5ta tilda erkin suhbat qura olishni aytdi.

- Nechta tilda gaplasha olasiz?

- 5ta: Arman, rus, ingliz, francuz, italyan. Nemischa esimdan chiqqan. Nemischani ikki yil ichida o'rgandim, uchinchi yil ancha yaxshi bilar edim, ammo "Borussiya" (Dortmund)dan ketganimdan so'ng bu tilda umuman gaplashganim yo'q.

- Chalxanoglu bilan qaysi tilda suhbatlashasiz?

- Inglizcha, ammo uning akcentini eshitib nemis tili yodimga tushib ketadi" - dedi "Inter" xavbeki.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: inter.it