

"O'sha yilgi g'alabaning bosh omili jamoaviy tarzda shakllanganimiz bo'lgandi. Himoyada Farhod Magometov juda ishonchli o'ynaganini alohida ta'kidlab o'tgan bo'lardim. Bundan tashqari hujumda Oleg Shackix va Zafar Musaboev bor edi. O'sha yil ularning eng gullagan davrlari edi. Shackix 23ta gol bilan chempionat to'purariga ham aylangandi".
Eng qiyin o'yin sifatida Farg'onada "Neftchi"ga qarshi o'tgan bahsni eslayman. O'sha uchrashuvda biz 1:2 hisobida yutqazib qo'yganmiz. Ammo qolgan turlarda kerakli ochkolarni qo'lga kiritib chempion bo'lgandik".
"O'sha yil jamoa rahbarlaridan biri bo'lgan marhum Hakimjon Hoshimov jamoa a'zolariga barcha sharoitlarni yaratib bergandi. Ularning chempionlikda juda katta xissasi bo'lgandi", - deydi Bayramov.




