Mustafo Bayramov: "Bayramdan oldin muxlislarga sovg'a tayyorlashni maqsad qilgandik"

Narzulla Saydullayev
1 iyul 2016, 22:37
"Navbahor" - "Andijon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Mustafo Bayramov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugungi maqsadimiz faqat g'alaba qozonish edi. Yigitlar bu vazifani bajarishdi. Ularga rahmat aytaman. Yaqinda bayram bo'lishini muxlislarimizga hayit bayrami sovg'asi qilib g'alaba qozonishimiz kerakligini aytdim. Bugungi g'alaba muxlislarga ataladi. "Andijon" jamoasi ham yomon o'ynamadi, vaziyatlar yaratishdi. Ammo gol ura olishmadi. Ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman. Ertaga klubda yig'ilish bo'ladi. Kim murabbiy bo'lishini hal qilinadi. Bundan tashqari qaysi futbolchilar ketishi va kelishi hal bo'ladi", - deydi Bayramov.

"Navbahor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia