Musa ingliz jamoalariga taklif qilindi

19 noya 2020, 00:46
Ahmad Musa faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"Teamtalk" xabariga ko'ra, 28 yoshli nigeriyalik hujumchi "Lester"dagi muvaffaqiyatsizligidan keyin yana o'zini APLda sinab ko'rishga qaror qilgan. Futbolchining agentlari uni "Nyukasl", "Kristal Pelas", "Vest Xem", "Byornli" va "Sheffild Yunayted" singari klublarga taklif qilgan.

Ahmad Musa ayni paytda erkin agent bo'lib turibdi. Uning so'nggi klubi Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasi bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Teamtalk