Munir “Sevilya” tarixiga kirdi

8 noya 2019, 09:45
“Sevilya” Yevropa Ligasi 4-turi doirasida safarda “Dyudelanj” klubini 5:2 hisobida taslim qildi.

Bellashuvda andalusiyaliklar safida Munir al-Haddodi xet-trikka erishdi. Shu tariqa 24 yoshli hujumchi Yevropa Ligasi/UEFA Kubogi musobaqasi doirasida “Sevilya” safida xet-trikka erishgan ilk futbolchiga aylandi.

Ma'lumot uchun, Munir 2019 yil yanvarida “Barselona”dan Andalusiya klubiga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta