Futzal. Bugun mavsumning so'nggi uchrashuvlari va taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi. Tadbirga Munisa Rizaeva ham keladi

Iskandarov Abdulaziz
23 may 2024, 08:15
Bugun "Yunusobod" sport majmuasida futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining yakunlovchi bahslari bo'lib o'tadi.

Uchrashuvlar yakunlangach mavsumning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi tashkil qilinadi. Bundan tashqari 17:00 da start oladigan so'nggi uchrashuv uchun futzal muxlislariga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida liga ular ishtirokida o'ziga xos lotereya tashkil etishni rejalashtirgan. 

Siz Yunusobod sport majmuasiga 17:00 gacha tashrif buyurib, majmuaga kirishda bepul raqamli chiptani qo'lga kiritish imkoniyatiga egasiz. O'yin yakunida esa chipta raqamingiz omadli chiqsa, 5 ta changyutgich, 5 ta televizor yoki 5 ta velosipeddan birining egasiga aylanishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan