

Mezbonlar safida o'zbekistonlik himoyachi Behruz Karimov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi.
O'yin esa 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Mezbonlardan gollarga Daniel Dos Santos (2-daqiqa) va Albian Ayeti (80), mehmonlardan so'ng Samuel Essende (28) va Kristian Fassnasht (45) mualliflik qildi.
“Lugano” hozirda Shveytsariya chempionatida 7 o'yindan so'ng 19 ochko bilan birinchi o'rinda, “Yang Boyz” esa 8 o'yinda 16 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.





