Muhsin Nizomiddinov: "Futbolchilarimiz "Navbahor" bilan o'yinning ahamiyatini tushunib turishibdi"

Narzulla Saydullayev
14 may 2016, 11:35
"Navbahor" qarshi o'yindan oldin "Qo'qon-1912" yoshlari murabbiyi Muhsin Nizomiddinov fikrlarini bayon qildi:

"Navbahor" bilan o'yin Namanganda bo'ladimi yoki Qo'qondami doim qizg'in kurashlarga boy bo'ladi. Biz bu o'yinga boshqacha tayyorgarlik ko'rdik. Olib borgan ishlar samarasi o'laroq o'rinbosarlarimiz g'alaba qozonishdi. Hozir "Navbahor"ga ham bizga ham ochko suv va havodek zarur. Yoshlarimizning ko'zlarida o't chaqnadi. Asosiy tarkibimiz ham faqat g'alaba uchun maydonga chiqadi. Futbolchilarimiz o'yinni qanday  masuliyatli ekanligini his qilib turibdilar", - deydi Nizomiddinov.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia