

Portugaliya Kubogi doirasidagi "Farense"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlardan biri Mourinyudan uning ommaviy bayonotlari strategiyaning bir qismimi yoki psixologik hiylami ekanligini so'radi.
"Kechirasiz-u, lekin o'ylashimcha, menga vaqti-vaqti bilan aytadigan bemani gaplarim emas, balki yutuqlarim mashhurlik keltirgan", – dedi Mourinyu.



