

“Bu yerda ish boshlaganimning dastlabki kunidanoq bor kuchini bergan insonni juda hurmat qilaman. Biz g'alaba qozonganimizda, birga g'alaba qozonamiz. Mag'lubiyatga uchrasak, birga yutqazamiz. Men uchun u tanqidlardan holi o'yinchidir", - dedi Mourinyu.
“Roma” ayni damda Italiya chempionatining 13-turidan so'ng 25 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda. Mourinyu shogirdlari navbatdagi uchrashuvini bugun “Sassuolo”ga qarshi o'tkazadi.



