Mourinyo Lempardga JCH-2014dan so'ng termadagi faoliyatini tugatishni maslahat berdi

Tolibjon Qosimov
6 iyun 2014, 11:45
“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyoning so'zlariga ko'ra, Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenk Lempard 2014 yilgi Jahon chempionatidan so'ng, terma jamoadagi faoliyatini yakunlaydi.
“Termadagi faoliyatni tugatish uchun Jahon chempionati ajoyib variant. Men Frenkka bundan yaxshi payt bo'lmasligini aytdim.U baribir darvozabon emas, 40 yoshgacha o'ynay oladigan”, - deydi Mourinyo “AFP”ga bergan intervyusida.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com