Moura Mourinyo qo'l ostida sermahsullik namoyish qilmoqda

Mirjalol Normatov
15 dek 2019, 21:58
"Tottenxem" yarim himoyachisi Lukas Moura APLning 17-turi doirasida "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda gol urishga erishdi.

Joze Mourinyo jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganidan keyin bu Mouraning 3-gol hisoblanadi. Bunga qadar u "Vest Xem" va "Bernli"ga qarshi o'yinlarda ham gol kiritishni uddalagandi.

Maurisio Pochettino qo'l ostida esa Moura 10 o'yinda bir gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Guardian