Monchi: "Hech kim Strotmanning boshiga to'pponcha tiragani yo'q"

Aslanov Jasurbek
28 avg 2018, 15:23
"Roma" sport direktori Ramon Monchi jamoa yarim himoyachisi Kevin Strotmanning "Marsel"ga o'tishi borasida fikr bildirdi.

Oldinroq, Strotman Rim klubini tark etmoqchi emasligi e'lon qilingan edi.

"Roma" Strotmanni sotishga rozi bo'ldi, ammo futbolchining o'zi bunga qarshi

"O'tgan yil u ko'p maydonga tushdi. Strotman - ajoyib futbolchi. Biz bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko, klub rahbariyati va futbolchi bilan birga qaror qabul qildik. Hech kim Stortman boshiga to'pponcha tirab, ketishga majburlagani yo'q" - deydi Monchi.

Strotman 2013 yildan beri "Roma" sharafini himoya qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia