Modrich Saudiya Arabistoni va MLS klublaridan kelgan yangi takliflarini rad etdi. U yana bir mavsumni "Real"da o'tkazmoqchi

Оқил Абдубарноев
1 fev 2023, 21:54
Luka Modrich "Real"ni tark etmoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, avvalroq madridliklar yarim himoyachisi "Al Nassr" taklifini rad etgandi. Ar-Riyod klubi unga yiliga 40 million evro to'lashga tayyor edi.

Manbaning xabariga ko'ra, xorvatiyalik futbolchi Saudiya Arabistoni va MLS klublaridan yangi takliflar olgan, biroq ularni rad etgan. U yana bir mavsumni Madridda o'tkazmoqchi.

Modrichning "Real" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: As