Modrich faoliyatidagi eng yaxshi natijasini takrorladi

9 yanv 2020, 09:33
“Real” yarim himoyachisi “Valensiya”ga (3:1) qarshi bahsda jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.

Bu Luka Modrich uchun joriy mavsum “Real” safidagi 5-gol bo'ldi. Modrich bu gollarni urishi uchun 19 ta o'yin kerak bo'ldi. Bu esa Lukaning faoliyatidagi eng yaxshi natijasi takrorlanishiga etarli bo'ldi. 2011/12 yilgi mavsum xorvat “Tottenxem” safida 40 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta