

Shundan so'ng uchrashuvda munosib harakat qilgan, ammo penaltidan kiritilgan to'pni darvozasidan olib chiqishga majbur bo'lgan turkmanistonliklar posboni Rasul Choriev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Yaxshi o'ynadik, ammo uchrashuv oxirida gol o'tkazib yubordik. Umuman olganda, jamoadoshlarim yaxshi o'yin ko'rsatishdi.
Endi bundan saboq olib, keyingi uchrashuvlarda ijobiy natija ko'rsatishga harakat qilamiz.
Turkmanistonga nima yetishmadi? Terma jamoamiz O'zbekistonga qarshi o'yinga astoydil hozirlik ko'rgandi. Ehtimol, bizga o'yin amaliyoti yetishmay qoldi, shekilli", – dedi Choriev.



