"Mixed zone". Jasur Jaloliddinov: "Eronning provakaciyalariga e'tibor bermadik va g'alaba qozondik"

Mirjalol Normatov
13 sen 2023, 00:52
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov Eron bilan kechgan hal qiluvchi bahsdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Avvalambor xalqimizni g'alaba bilan tabriklayman. Ko'pchilik ikkita yirik hisobli o'yinimizdan keyin Eron bilan qanday o'ynashimizni kutgandi. Lekin biz o'z kuchimizga ishonib turgandik. Barcha gap-so'zlarni tugatdik, imkon qoldirmasdan g'alaba qozondik. Durang bizni qoniqtirishiga qaramay, biz faqat oldinga qarab o'ynadik. Raqib esa vaqt cho'zishga, durangga harakat qildi. Bugungi o'yin hammasini ko'rsatib qo'ydi",- deydi Jasur Jaloliddinov. 

- Bugun hakamlikka ko'p etirozlar bo'ldi...

- Hissiyotda bo'lib turadigan holat. Ikkita kuchli jamoa to'qnash keldi. O'ylaymanki, hakam o'yinni yaxshi boshqardi. 

- Odatda Eron jamoalari futbol o'ynaydi. Lekin bugun raqib provakacilardan nariga o'tmadi. Shuni bilgan holda qanday tayyorgarlik ko'rdinglar?

- Osiyo chempionatlari orqali bu holatlardan o'tib kelgandik. Bir yil o'tdi. Ularning provakaciyalariga e'tibor bermay, o'yin haqida o'yladik. Yakunda g'alaba qozondik.



O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia