O'z navbatida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:
"Uchrashuv ikki jamoa uchun ham juda muhim. Men Gonkong termasini hurmat qilaman, ammo bu erga biz g'alaba uchun keldik. Yutuq bizni Osiyo Kubogiga olib chiqadi. Shu sababdan, ishni cho'zish niyatimiz yo'q. Jamoamiz yaxshi kayfiyatda. Bunga Vetnam ustidan qozonilgan g'alaba ham ta’sir o'tkazdi albatta. Ertangi o'yinimizdan so'ng kayfiyatimiz yanada chog' bo'ladi deb umid qilaman" - deya dastlabki fikrlarini bildirib o'tadi Mirjalol Qosimov
"Toshkentda Gonkong darvozanisini ishg'ol qila olmagandik. O'sha o'yinda raqib chuqur himoyaga yotib olgandi. Futbolda esa, qarshi jamoaning hujumini buzishdan osoni yo'q. Ammo ertangi o'yinda Gonkongning yo'qotadigan narsasi yo'q. Gonkongni faqat g'alaba qoniqtiradi va u o'z maydonida o'ynaydi. Shu sababdan Gonkong biz kabi hujumkor o'ynashga harakat qiladi " - deya qo'shimcha qilib o'tadi.
"Bir so'z bilan aytganda, ertangi o'yin Toshkentdagi uchrashuvdan keskin farq qiladi" - deya so'zini yakunlaydi terma jamoamiz bosh murabbiyi.