Mina: "Kolumbiya mag'lubiyatga munosib emas edi"

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2018, 12:25
Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Yerri Mina Angliyaga qarshi bo'lib o'tgan JCH-2018 1/8 final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

O'yin 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida omad inglizlarga kulib boqdi.

"Bu uchrashuvda mag'lubiyatga munosib emas edik, Angliyadan ko'proq vaziyat yaratdik va afsusda o'yin taqdirini penaltilar seriyasigacha hal qila olmadik. Bunday muhim bahsda gol urganim uchun yaratganga rahmat aytaman, qo'shimcha vaqtda yutib ketishimizga ishongan edim. Jahon kubogi o'zimga ishonishimga yordam berdi" - deydi Mina.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo