"Milan" "Chelsi" futbolchisini xarid qilmoqchi

Alisher
26 iyun 2020
"Milan" 2018/19 yilgi mavsum "rossonerilar" safida ijara asosida o'ynagan "Chelsi" xavbeki Temue Bakayokoni ortga qaytarmoqchi.

Londonliklar 25 yoshli fransiyalik futbolchini 20-25 million evroga sotishga rozi bo'lishgan.

Bakayoko "Chelsi"da yiliga 6,5 million evro maosh oladi. "Milan" unga 4 yillik shartnoma va 4 million evro miqdoridagi maoshni to'lashga tayyor.

Xavbek joriy mavsum ijara asosida "Monako"da o'ynadi, uning "ko'klar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira