"Milan" 2009 yildan so'ng ketma-ket 13ta uchrashuvda mag'lub bo'lmadi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2018, 10:46
"Milan" "Lacio"ga qarshi Italiya Kubogi yarim final javob uchrashuvida penaltilar seriyasida g'alabaga erishdi (0:0, 5:4, birinchi o'yin - 0:0).

Shunday qilib, rossonerlar Jennaro Gattuzo qo'l ostida barcha turnirlardagi mag'lubiyatsiz seriyasini 13ta o'yinga etkazishdi.

So'nggi marta "Milan" bunday muvaffaqiyatga 2009 yilning dekabrida erishgan edi.

"Milan" mag'lubiyatsiz seriyasi davomida Yevropa ligasining 1/8 finaliga, Italiya Kubogi finaliga chiqdi va Chempionlar ligasi zonasi uchun masofani qisqartirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com