

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Gabriel Jezusning jarohati haqida gapirdi. Shuningdek, klub transferlar bozorida aktiv bo'ladi.
"Tiklanish bir qancha vaqt olishi aniq. U opraciyani boshidan o'tkazdi. Bu esa qanchalik og'ir jarohat ekanligini anglatadi. Shuning uchun ham biz bozordan o'yinchi qidirishga majburmiz.
Transfer bozorida aktiv bo'lamiz. To'g'ri transfer bozoridagi eng katta xaridlarni amalga oshirmaymiz, ammo o'zimizga mos futbolchilarni qidiramiz. Bizga jamoani keyingi darajaga olib chiqadigan o'yinchilar kerak", -deydi Mikel Arteta.



