M.Fernandesh: “Lokomotiv” “Bavariya” bilan o'yinga, “asosiysi sharmanda bo'lmasak bo'ldi”, deb tushmasligi kerak”

Eldor Akmurzayev
26 okt 2020, 21:10
“Temiryo'lchilar” sobiq yarim himoyachisi Manuel Fernandesh Chempionlar Ligasi doirasida 27 oktyabr kuni Moskvada “Bavariya”ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Hozirgi “Bavariya”ga qanday qarshilik qilish mumkin? Ular kabi shiddat bilan o'ynash kerak. 90 daqiqa kurashib, bir soniya ham bo'shashmaslik kerak. “Bavariya” barcha chiziqlarda juda kuchli. Ular deyarli har o'yinda 4-5 tadan gol urishadi. Eng muhimi shuki, “Lokomotiv” uchrashuvga albatta gol o'tkazib yuborishini o'ylab maydonga tushmasligi lozim. Bu holatda nemislar juda ko'p to'p kiritishadi. Raqiblarni hurmat qilish va kuchsiz tomonlarini topishga harakat qilish lozim. Xato barchada bo'ladi, ideal jamoalar esa mavjud emas.

Maydonga: “asosiysi sharmanda bo'lmasak bo'ldi”, deb tushmaslik kerak. Har qanday raqib bilan o'ynasa bo'ladi. Shu qatorda “Bavariya” bilan ham”, deydi Fernandesh.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru