Meyson Maunt APLning boshqa klubiga o'tadi?!

Alisher Ostonov
22 iyun 2025, 11:41
"Manchester Yunayted"ning angliyalik hujumkor yarim himoyachisi Meyson Maunt klubini o'zgartirishi mumkin.

Futbolchining xizmatlariga "Aston Villa" qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, MYU bosslari Mauntning jamoani tark etishiga ruxsat bersa, Birmingem klubi taklif bilan chiqishga tayyor. Yarim himoyachining mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali angliyalikni 28 mln evroga baholamoqda.

Meyson Maunt umumiy hisobda "Manchester Yunayted" libosida 46 ta o'yin o'tkazib, ularda 4 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Football Insider