Messi qorin qismidagi og'riq sabab, “Barselona”ning jamoaviy mashg'ulotlarida qatnashmadi

Eldor Akmurzayev
31 mar 2019, 23:49
Argentinalik forvard Lionel Messi “Barselona”ning bugungi mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi, deya xabar beradi AS.

Manbaning ma'lum qilishicha, futbolchi qornining pastki qismida og'riq xis etmoqda. U terma jamoa safida Marokashga qarshi o'rtoqlik bahsini ham mazkur sabab tufayli o'tkazib yuborgandi. O'tgan yilning dekabridan buyon Messi og'riq bilan o'ynab kelmoqda. Shuningdek, futbolchining o'ng oyog'ida ham kichik jarohat bor.

Shu tufayli, 31 yoshli hujumchi mashqlarni ochiq maydonda emas trenajyor zalida individual tarzda o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS