Messi haqiqatdan ham jarohat olganmi? Leo tibbiy ko'rikdan o'tdi

Aslanov Jasurbek
30 mar 2018, 11:20
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasining o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etmadi.

Futbolchi kecha o'tkazilgan Kataloniya klubi mashg'ulotida ham to'liq qatnasha olmagani e'lon qilindi.

Catalunya Ràdio bergan ma'lumotlarga ko'ra, Messi 29 mart kuni tibbiy ko'rikdan o'tdi. Natijalar argentinalikda jarohat yo'qligini ko'rsatdi. Ma'lum bo'lishicha, shunchaki futbolchining mushaklari charchagan ekan. Hujumchi jamoa bilan Sevilyaga uchib ketadi. O'yinda ishtirok etishni "Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde uchrashuvdan oldin hal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Catalunya Ràdio