Messi Argentinaning iyun oyidagi o'yinlari uchun tarkibga kiritildi

Omonjon To`xtamirzayev
16 may 2025, 16:39
Argentina termasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jamoaning JCH-2026ning iyun oyidagi saralash o'yinlari uchun chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi.

4 iyun sanasida Argentina safarda Chili bilan, to'qqizinchi da esa - o'z uyida Kolumbiya bilan bellashadi.


Darvozabonlar: Emiliano Martines ("Aston Villa"), Xeronimo Ruli ("Marsel"), Valter Benites (PSV);

Himoyachilar: Nauel Molina ("Atletiko Madrid"), Xuan Foyt ("Vilyarreal"), Kristian Romero ("Tottenxem"), Leonardo Balerdi ("Marsel"), Nikolas Otamendi ("Benfika"), Fakundo Medina ("Lans"), Nikolas Talyafiko ("Lion"), Valentin Barko ("Strasbur");

Yarim himoyachilar: Aleksis MakAllister ("Liverpul"), Leandro Paredes ("Roma"), Nikolas Dominges ("Nottingem Forest"), Eksekel Palasios ("Bayer 04", Leverkuzen), Rodrigo de Paul ("Atletiko, Madrid"), Tyago Almada ("Lion"), Jovani Lo Chelso ("Betis"), Enco Fernandes ("Chelsi");

Hujumchilar: Lionel Messi ("Inter Mayami"), Nikolas Pas ("Komo"), Xulian Alvares, Juliano Simeone, Anxel Korrea (barchasi - "Atletiko Madrid"), Lautaro Martines ("Inter", Milan), Valentin Kastelyanos ("Lacio"), Alexandro Garnacho ("Manchester Yunayted"), Nikolas Gonsales ("Yuventus").

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: www.afa.com.ar/es/