Mbappe va Neymarning jarohati jiddiy emas

Aslanov Jasurbek
21 noya 2018, 18:14
PSJ hujumchilari Kilian Mbappe va Neymar "Liverpul"ga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasi o'yinidan oldin jarohat olishdi.

Neymar mushak jarohati tufayli Braziliya - Kamerun uchrashuvining 8-daqiqasida almashtirildi, Mbappe esa Urugvayga qarshi elkasini shikastlab oldi.

Fransiya terma jamoasi shtabidagilarning fikricha, Mbappe jarohati jiddiy emas. Bugun u chuqurlashtirilgan tekshiruvdan o'tadi.

Bu Neymarga ham tegishli. Braziliya terma jamoasi shifokori Rodrigo Lasmarning so'zlariga ko'ra, jarohat jiddiy ko'rinmayapti, ammo yaqin kunlar ichida jarohat nazorat ostida bo'ladi.

Braziliyalik agar jiddiy jarohatdan qutilib qolsa, "Liverpul"ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport