Mbappe Messining rekordini yangiladi

Aziz Tukhtamuradov
3 noya 2022, 08:10
Kilian Mbappe Chempionlar ligasidagi 40-golini urdi.

PSJ futbolchisi YCHL guruh bosqichining 6-turida "Yuventus" darvozasiga to'p kiritdi. 

Bu orqali, fransiyalik futbolchi YCHL tarixida 40 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylanib oldi. U 23 yosh, 10 oy va 13 kunligida mana shunday natijani qayd etdi. 

Mbappe bu natija bo'yicha jamoadoshi Lionel Messining ko'rsatkichini yaxshiladi. Argentinalik futbolchi Chempionlar ligasidagi 40 ta golni 24 yosh, 4 oy va 8 kunligida urgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta