Mbappe: "Messi – futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri"

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2023, 17:59
Fransiyalik futbolchining fikricha, argentinalik futbolchini Parijda qadrlashmadi.

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Lionel Messining jamoadan ketishi haqida gapirdi.

"Messi – futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri. Unga o'xshagan futbolchining ketishida yaxshi narsa bo'lmaydi. Nega ko'pchilik uning ketayotganini ko'rib, engil tortganini tushunmayapman. Fransiyada u munosib hurmatga sazovor bo'lmadi", – dedi futbolchi.

Argentinalik futbolchi Parijda 2 mavsum o'tkazdi, shundan so'ng u klubni erkin agent sifatida tark etdi.

Oldinroq Mbappe PSJ bilan shartnomasini uzaytirishni istamasligini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano