Mbappe: "Dembeleni dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb hisoblayman"

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2018, 11:22
Fransiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Italiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan (3:1) so'ng, jamoadoshlari o'yini haqida fikr bildirdi.

"Hujum chizig'imiz juda kuchli, xatto bir nechta o'zgarishdan so'ng ham o'yin o'zgarmaydi. Eng yaxshilar bilan o'ynashni istashimni doimo aytib kelganman. Bugun Grizmann futbol cho'qqisining bir qismi ekanligini tushunib etdim, Dembele esa men uchun dunyodagi eng yaxshi yosh futbolchi. Ajoyib jamoadoshlarim bor.

Pogba chet elda o'ynaydi, u doimiy xushtakbozlikka o'rganmagan. Undan har bahsda gol urishni so'rashmaydi, undan faqat raqibga jismoniy taziyq o'tkazish va g'oyalarini uchrashuvda amalga oshirish talab qilinadi, u yaxshi o'yin o'tkazdi deb o'ylayman. Pogba nima qilmasin, u doimo bundanda yaxshiroq bajarish kerakligi haqida aytadi" - deydi Mbappe.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe