Mbappe 2019 yil yakunlariga ko'ra, 2 natijada eng yaxshisi bo'ldi

Mirjalol Normatov
25 dek 2019, 23:43
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatida kalendar yili yakunlariga ko'ra, eng yaxshi to'purar bo'ldi.

2019 yil yakunlariga ko'ra, fransiyalik futbolchi 31 gol muallifiga aylandi. Shuningdek, Mbappe raqib jarima maydonchasi ichida to'pga eng ko'p tegingan futbolchiga ham aylandi - 263ta.

Fransiya chempionatida eg ko'p gollarga assist bo'lgan futbolcht esa Anxel Di Mariya bo'ldi. U ushbu yilda 12 golga assistentlik qildi.

"Marsel" futbolchisi Valentin Rone esa eng ko'p golli vaziyatlar yaratdi - 90. "Nicca" futbolchisi Yusuf Atal esa eng ko'p bora raqiblarini aldab o'tdi - 98ta.

"Nicca" darvozaboni Valter Benites esa eng ko'p seyv ijro qilgan posbon bo'ldi - 124ta.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Squawka